Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
6972025-11-18 21:57

18-NOYABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN!

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639537170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639549120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639564655.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639569435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639575410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639583775.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639589750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364639595725.jpg
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Bugun Bag‘dod tumanida ushbu qutlug‘ sananing 34 yilligi munosabati bilan “BAYROG‘IM – G‘URURIM, IFTIXORIMDIR!” shiori ostida, 2 ming qadam masofada “34 nomda bayroqni madh etuvchi shiorlar chorlovlari” sadolari ostida marsh bo‘lib o‘tdi. Yurish harakati tuman markaziga kiraverishdagi aylanma halqa yo‘lidan tuman Markaziy kutubxonasigacha davom etdi. Tuman hokimi o‘rinbosari Qahramonjon Mirtazaqulov tabrik so‘zida barchani bugungi qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi. Madaniyat bo‘limi xonandalari, “Manguberdi izdoshlari” NTM o‘quchilari, bog‘cha tarbiyalanuvchilari Bayrog‘imizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan bayramona kayfiyat ulashdi. Tuman Ma’naviyat bo‘limi faollik ko'rsatgan tantanali tadbirda davlat tashkilotlari, muassasalar, korxona va ta’lim tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari, keng jamoatchilik, xususan nuroniylar va yoshlar vakillari ishtirok etdi. Bayram mutaxassislar va aholi uchun birdek kuchli ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, tumanimizda umum¬milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz