Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
7272025-11-18 22:01

Ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam pullari to'liq yetkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364886439705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364886440900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364886442095.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364886443290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2107364886444485.jpg
🇺🇿 2025-2026-yillar isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bag‘dod tumanining “Saidobod” mahallasida 146 ta oilaga 1 mln. so'm miqdoridagi bir martalik moddiy yordam pullari to‘liq va manzilli yetkazildi. 😲 Xursanoy Soliyeva ayni mahallada turmush o‘rtog‘i va 1 nafar farzandi bilan yashaydi, ikkinchi guruh nogironligi bor. Xursanoy opa davlatimiz tomonidan berilgan moddiy yordam puliga ko‘mir xarid qildi, talaba qiziga qishki kiyimlar sotib oldi – endi uning ko‘ngli xotirjam. 😲 Mirzaakbar Jumanovning esa 1-guruh nogironligi mavjud. Tumandagi “Inson” markazi tomonidan maxsus aravacha bilan ta’minlangan. Qolaversa, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatiga jalb qilingan. Natijada, uning parvarishi bilan muttasil band bo‘lgan turmush o‘rtog‘ida ishlash va oilaning iqtisodiy holatini yaxshilash imkoni paydo bo‘ldi. Jumanovlar oilasi moddiy yordam pulining ma’lum qismini elektr energiyasi uchun to‘ladi, qolgani zarur dori-darmon sotib olishga sarf bo‘ldi. - Albatta, bunday amaliy ko‘maklar nafaqat moddiy jihatdan yengillik beradi, balki odamlarimizning davlat va jamiyat e’tiborini yana-da chuqurroq his qilishiga sabab bo‘lmoqda. Og‘ir toifadagi oilalarda ham shukronalik kayfiyati kuchayib boryapti, “men yolg‘iz emasman, qiyin paytimda menga ko‘mak beradigan davlatimiz bor, Prezidentim bor” degan his ularga katta ruhiy tayanch bo‘lyapti, - deydi mahalladagi ijtimoiy xodim Shahnozaxon Turdimatova.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz