Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALAR NAFAQASI YOKI MODDIY YORDAM TAYINLANISHIDA QANDAY DAROMADLAR INOBATGA OLINISHIDAN XABARDORMISIZ?

×

 2022-09-15 15:11:22    230

PDF yuklash
Chop etish


Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 21- oktyabrdagi 654-sonli qaroriga asosan bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:

- mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;

- mulkiy daromadlar;

- yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga hisoblanadigan normativ daromadlar;

- pul tushumlari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari va boshqalardan olingan pul o‘tkazmalari summasi. Bunda xorijiy valyutada olingan pul o‘tkazmalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Yagona reestr» AT tomonidan elektron ma’lumot olingan kundagi belgilangan kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi;

- Ariza beruvchi va oila a’zosining har bir korxona ustav fondidagi ulushi, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

- Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashganlik uchun shaxsga to‘langan mehnat haqi;

- tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shu jumladan, shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka o‘qish xarajatlarini to‘lash va kreditni olish chog‘ida sug‘urta polisi haqini to‘lash hamda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, urug‘liklar, ko‘chatlar, sug‘orish vositalari olish uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalarni olgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan normativ daromadlar.

Faxriddin MO‘SINJONOV,

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Bag‘dod tumani bo‘limi sho‘ba mudiri.