Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
422025-04-26 14:27

📚Quvasoyda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2086063276900690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2086063276905470.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2086063276909055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2086063276911445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2086063276912640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2086063276915030.jpg
📚Quvasoyda “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda 🗣Quvasoy shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan badiiy kecha va “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va o‘quvchilarni adabiyot orqali teran fikrlashga, ezgulik va ma’naviyat sari yetaklashdan iborat bo‘ldi. đŸ””O‘quvchilar o‘z sevimli kitoblaridan parchalar o‘qishdi, turli millat vakillarining kuy qo‘shiqlaridan hirgoya qilishdi, sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar orqali kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini teran ifodalashdi. Tadbir barchada iliq taassurot qoldirib, kitobni do‘st, ustoz va yor sifatida qadrlash tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz