Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
582025-07-12 17:01

Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024427542160.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024427543355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024427544550.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024427545745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024427546940.jpg
Joriy yilda O'zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 14 iyuldan boshlanib, 23 iyulga qadar 2 smenada tashkil etiladi. So'x tumanida ushbu jarayon 14 iyuldan 18 iyulga qadar tumandagi markaziy o'yingoh – “Sug'diyona” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Ayni paytda imtihonlarga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tayyorgarlik holati muntazam o'rganilmoqda. “Sug'diyona” sport majmuasi tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan to'liq ko'zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rildi. Ta'kidlash joiz, test sinovlari uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida barcha mutasaddi idoralar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz