Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI YETMISH BIRINCHI SESSIYA ISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA ETILDI.OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI YETMISH BIRINCHI SESSIYA ISHIDA MUHIM MASAL
2024-08-01 21:37:58 3351
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi tanqidiy va tahliliy ruhda davom etdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
1. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida.
2. Tuman saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Bag‘dod tumani hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha umuniy bo‘lim mudiri F.Murodovning hisoboti.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyun kungi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tuman hokimligi bosh mutahassisi A.Komilovning hisoboti.
5. Bag‘dod tumanida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida ochiq budjet elektron portal orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida.
6. Bag‘dod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil 2-choragi davomida tumanda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlar holati yuzasidan axboroti.
7. Majburiy ijro Bag‘dod tumani bo‘limining 2024-yil 6 oyi davomida faoliyati yuzasidan hisoboti.
8. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2023-yil 27-iyun kungi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-sonli qarorining Bag‘dod tumanida ijrosi to‘g‘risida”gi VI-56-64-11-152-K/23-sonli qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.
9. Bag‘dod tumani mahalliy budjet 2024-yil ikkinchi chorak uchun daromad rejasidan oshirib bajarilgan hisobidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida.
10. Bag‘dod tumanida ichimlik suvi ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida.
11. Boshqa masalalar.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.