Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

 2017-09-30 14:48:09    3349

PDF yuklash
Chop etish


DAVLAT XIZMATLARI KO’RSATISH HAMDA DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA TASHKILOTLARNING IDORALARARO AXBOROT HAMKORLIGI TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 19-son, 235-modda; 2016 y., 23-son, 269-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to’g’risida» 2015 yil 4 fevraldagi PQ-2293-sonqaroriga muvofiq, «Elektron hukumat» tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizom1-ilovaga muvofiq;

Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan mas’ul idora etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri shakllantirilishini, shuningdek davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligini ta’minlash bo’yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining ma’muriy tartibotlarini axborotlashtirish bo’yicha doimiy monitoring o’tkazish va takliflar kiritish;

davlat xizmatlari ko’rsatishda o’z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish hisobiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish.

3. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro’yxati bir oy muddatda xatlovdan o’tkazilishini va 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga kiritilishini;

ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri, shuningdek davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratilishini;

davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o’rtasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring o’tkazilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin.

4. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2015 yil 1 sentyabrgacha bo’lgan muddatda:

ko’rsatiladigan barcha davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni, keyinchalik Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestriga kiritgan holda, xatlovdan o’tkazsinlar va reglamentlasinlar;

xatlov natijalariga ko’ra davlat xizmatlari ko’rsatish uchun talab qilinadigan idoraviy ma’lumotlar bazalarini yaratish va shakllantirish chora-tadbirlari rejalarini hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2015 yil 13 may,

120-son

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi 120-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risida

NIZOM

I.Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo’llanadi:

davlat xizmati — ariza beruvchilarning so’rovlari bo’yicha davlat organlarining funktsiyalari amalga oshirilishi bo’yicha davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko’rsatish funktsiyalari ularga yuklangan bo’lsa, boshqa tashkilotlar ham ko’rsatishi mumkin;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

ariza beruvchi — so’rov bilan davlat organiga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

(2-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri (keyingi o’rinlarda Yagona reestr deb ataladi) — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining to’liq ro’yxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni o’z ichiga oladigan, Internet tarmog’idagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resursi;

davlat xizmati ko’rsatish natijasi — davlat xizmati ko’rsatish reglamentiga muvofiq davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishda ifodalangan, ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan ariza beruvchilarga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi;

davlat xizmati ko’rsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini va unga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat.

(2-bandning oltinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

3. Yagona reestr quyidagi maqsadda shakllantiriladi va yuritiladi:

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari, shakllari va blankalari to’g’risida batafsil axborotni taqdim etish;

davlat organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va samaradorligini oshirish;

davlat xizmatlari to’g’risidagi axborotni yig’ish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularni maqbullashtirish va amalga oshirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

4. Yagona reestr davlat xizmatlarining quyidagi turlarini o’z ichiga oladi:

ariza beruvchilarning huquqlarini belgilash (bitimlarni, mol-mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatga olish va shu kabilar);

yozma va boshqa shaklda rasmiylashtiriladigan yuridik faktlarni aniqlash (ma’lumotnomalar, guvohnomalar, litsenziyalar, ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berish, shtamplar qo’yish va shu kabilar);

axborot berish (ko’chirmalar berish, axborotni e’lon qilish va shu kabilar).

Yagona reestr qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlarining boshqa turlarini ham o’z ichiga oladi.

5. Yagona reestr davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi hamda rus va ingliz, shuningdek boshqa tillardagi teng qiymatli yoki qisqartirilgan versiyalariga ega bo’lishi mumkin.

6. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona reestr operatori hisoblanadi.

7. Yagona reestrni shakllantirish va yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq davlat organlari bilan birgalikda Yagona reestr operatori tomonidan amalga oshiriladi.

Yagona reestr ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yuritiladi.

II. Yagona reestrni shakllantirish tartibi

8. Davlat organlari ko’rsatiladigan davlat xizmatlari, ularning ixtiyorida bo’lgan shakllar va blankalarning xatlovini o’tkazish asosida davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni, ularning reglamentlarini, shuningdek shakllar va blankalar, hujjatlar va boshqa axborot namunalarini tayyorlaydilar va elektron ko’rinishda Yagona reestrga kiritadilar.

Davlat xizmatining reglamentini ishlab chiqishda davlat organi tegishli idoralararo so’rov yuborilgan paytdan boshlab bir ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda hujjatlar va axborot (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv ma’lumotnomalari va axborotidan tashqari) mavjud bo’lgan manfaatdor davlat organlaridan olish muddatini nazarda tutishi shart.

9. Davlat organiga beriladigan hujjatlar va axborotning shakllari va blankalarining namunalari Yagona reestrga elektron ko’rinishda kiritiladi.

10. Davlat xizmati ko’rsatishda boshqa davlat organlari ishtirok etgan taqdirda ushbu davlat xizmati to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reestrga kiritish davlat xizmati ko’rsatilishining yakuniy natijasini taqdim etayotgan organ tomonidan amalga oshiriladi.

Agar davlat xizmati ko’rsatilishining yakuniy natijasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilsa, ushbu davlat xizmati to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reestrga kiritish mazkur davlat xizmati bo’yicha hujjatlar va axborot ko’rib chiqilishini tashkil qilish uchun mas’ul bo’lgan davlat organi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishchi organi) tomonidan amalga oshiriladi.

11. Yagona reestrga kiritiladigan davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq va ishonchli bo’lishi kerak. Ushbu ma’lumotlarda noaniqliklar, qisqartmalar va xatolar bo’lmasligi lozim.

Davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlarning taqdim etiladigan elektron nusxalari va ularning matni yaxshi farqlanadigan, nusxalar sifati esa hujjatning o’qilishini qiyinlashtirmasligi kerak.

Agar davlat xizmati olish boshqa organlar tomonidan beriladigan tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalarni yig’ishni nazarda tutsa, davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarda ushbu hujjatlarning berilishi uchun mas’ul bo’lgan organlar ko’rsatilgan holda, mazkur hujjatlarning batafsil ro’yxati berilishi kerak.

12. Davlat organi tomonidan Yagona reestrga ma’lumotlar kiritilgandan keyin Yagona reestr operatori ushbu ma’lumotlarni bir hafta muddatda ko’rib chiqadi va davlat xizmatini ro’yxatga oladi.

Noyob reestr raqamini ko’rsatgan holda davlat xizmatining Yagona reestrda ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma elektron ko’rinishda davlat xizmati Yagona reestrda ro’yxatga olingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida davlat organiga yuboriladi.

13. Davlat organi tomonidan ushbu Nizom talablari buzilgan holda, noto’g’ri rasmiylashtirilgan yoki boshqa kamchiliklar mavjud bo’lgan ma’lumotlar va hujjatlar Yagona reestrga kiritilgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida, rad etishning asoslangan sabablarini ko’rsatib, davlat xizmatini Yagona reestrda ro’yxatga olishni rad etadi.

Davlat organi ish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni uch ish kuni mobaynida bartaraf etadi va davlat xizmati to’g’risidagi tegishli ma’lumotlarni Yagona reestrga takroran kiritadi.

Kamchiliklari aniqlangan, Yagona reestrga kiritilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar va hujjatlarni o’zgartirish yoki to’ldirish ularni boshqa davlat organlari bilan kelishish, belgilangan tartibda tasdiqlashga sabab bo’lsa yoki aniqlangan kamchiliklarni ish jarayonida uch kun mobaynida aniqlashga to’sqinlik qiladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, davlat organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini ko’rsatib, bu haqdagi tegishli axborotni Yagona reestr operatoriga kiritadi.

Ilgari aniqlangan va tuzatilmagan kamchiliklar mavjud bo’lgan davlat xizmati to’g’risidagi tegishli ma’lumotlar takroran kiritilgan taqdirda paydo bo’ladigan barcha masalalar davlat organi va Yagona reestr operatori o’rtasida ish jarayonida darhol hal etiladi.

III. Yagona reestrga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish tartibi

14. Yagona reestrda ro’yxatga olingan davlat xizmati ko’rsatish reglamentiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan taqdirda davlat organi bir kun muddatda, asoslarni ko’rsatib, elektron ko’rinishda tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalarni kiritadi.

15. Yagona reestr operatori tomonidan Yagona reestrda ro’yxatga olingan davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlardagi o’zgartirishlar va qo’shimchalarni ko’rib chiqish ushbu Nizomning 12-13-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bunda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan taqdirda Yagona reestrda kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalarning sanasi va mohiyati to’g’risida tegishli belgi qo’yiladi.

16. Davlat xizmati bekor qilingan taqdirda davlat organi bir hafta muddatda, chiqarish uchun asoslarni ko’rsatib, davlat xizmatini Yagona reestrdan chiqarish zarurligi to’g’risida elektron ko’rinishda Yagona reestr operatorini xabardor qiladi.

Davlat xizmati Yagona reestrdan chiqarilganda davlat xizmati to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq chiqarib tashlanmaydi, balki ushbu davlat xizmati bekor qilinganligi, shuningdek mazkur xizmat bekor qilingan sana va buning asosi to’g’risida tegishli belgi kiritiladi.

17. Bekor qilingan davlat xizmatining noyob reestrli raqami reestrdan chiqarilmaydi va Yagona reestrda yangidan ro’yxatga olingan boshqa davlat xizmatlariga berilmaydi.

IV. Yagona reestr operatori va davlat organlarining huquqlari va majburiyatlari

18. Yagona reestr operatori quyidagi huquqlarga ega:

davlat xizmatlari to’g’risida noto’g’ri rasmiylashtirilgan, shuningdek hujjatlari, shakllari, blankalarida kamchiliklar mavjud ma’lumotlarni Yagona reestrda ro’yxatga olmaslik;

davlat xizmatlarini Yagona reestrga kiritish yoki unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishga doir takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;

davlat xizmatlarining sifatli reglamentlanishini ta’minlashga doir takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

19. Yagona reestr operatori quyidagilarga majbur:

davlat xizmatlarining Yagona reestrda ro’yxatga olinishini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarga tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

Yagona reestrdagi ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida e’lon qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlardan kecha- kunduz foydalana olishlarini ta’minlash;

Yagona reestrning uzluksiz ishlashini, shuningdek undagi ma’lumotlarning saqlanishini va foydalana olish mumkinligini ta’minlash;

davlat xizmatlari to’g’risidagi tegishli ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish uchun davlat organlarining Yagona reestrdan foydalana olishlarini ta’minlash;

davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni Yagona reestrda ro’yxatga olishdan oldin ularning to’liqligi va ishonchliligini tekshirish;

ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini tahlil qilish va davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tartibotlarning takrorlanishini istisno etish, shuningdek muddatlarni va ariza beruvchilardan talab qilinadigan hujjatlar va axborotni qisqartirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

20. Davlat organlari quyidagi huquqlarga ega:

belgilangan tartibda davlat xizmati ko’rsatish reglamentiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

Yagona reestrni shakllantirish va yuritish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

21. Davlat organlari quyidagilarga majbur:

o’zlari tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining reglamentlanishini va Yagona reestrda hujjatlashtirish uchun ular to’g’risida ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash;

har yili 1 oktyabrgacha bo’lgan muddatda davlat xizmatlarini xatlovdan o’tkazish va ular to’g’risidagi Yagona reestrdagi ma’lumotlarni aktuallashtirish;

davlat xizmatlari ko’rsatish reglamentlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan yoki ushbu davlat xizmatlari bekor qilingan taqdirda davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zgartirish va to’ldirish bo’yicha takliflar kiritish;

ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatlarini Yagona reestrda ro’yxatga olish uchun mazkur xizmatlar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish.

Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

V. Yakunlovchi qoidalar

22. Davlat sirlarining yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirning oshkor bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni Yagona reestrga kiritish taqiqlanadi.

23. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o’rganishni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2014 yil 23 apreldagi 102-son qaroriga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlarida joriy qilish va rivojlantirish holatini o’rganish asosida Yagona reestrga kiritilgan ma’lumotlarning to’liqligi va ishonchliligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.

24. Ushbu Nizom talablarini bajarishda davlat organlari va Yagona reestr operatori o’rtasida paydo bo’ladigan bahslar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko’rib chiqiladi va hal etiladi.

25. Yagona reestrda ro’yxatga olish uchun taqdim etiladigan davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarning to’liqligi va ishonchliligi yuzasidan mas’uliyat davlat organlarining tegishli rahbarlari zimmasida bo’ladi.

26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizomga
1-ILOVA

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish

SXEMASI

Bosqichlar Xatti-harakatlar Sub’ektlar Muddatlar
1-bosqich Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri axborot tizimini yaratish va ishga tushirish. Yagona reestr operatori 2015 yil 1 iyulgacha
2-bosqich Aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini xatlovdan o’tkazish va reglamentlash. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari 2015 yil 1 sentyabrgacha
3-bosqich Yagona reestrga davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni, ularni ko’rsatish reglamentlarini, shakllar va blankalar namunalarini, shuningdek davlat xizmatlari ko’rsatuvchi organlarga beriladigan qo’shimcha ma’lumotlar va axborotni elektron ko’rinishda kiritish. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari 2015 yil 1 oktyabrgacha
4-bosqich Davlat xizmatining uni ko’rsatish reglamentiga muvofiqligi yuzasidan davlat xizmati ko’rsatish to’g’risida kiritilgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish, Yagona reestrda ro’yxatga olish (o’zgartirishlar kiritish). Yagona reestr operatori bir hafta muddatda
5-bosqich Davlat xizmatining Yagona reestrda ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi bildirishnomani yuborish. Yagona reestr operatori ro’yxatga olingan kundan keyin 1 ish kuni mobaynida
Talablar buzilgan taqdirda davlat xizmatining Yagona reestrda ro’yxatga olinishini rad etish va bartaraf etish uchun aniqlangan kamchiliklar to’g’risidagi bildirishnomani yuborish. Yagona reestr operatori 5 ish kuni mobaynida
6-bosqich Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va davlat xizmati to’g’risidagi tegishli ma’lumotlarni Yagona reestrga takroran kiritish. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari 3 ish kuni mobaynida
7-bosqich Yagona reestrda ro’yxatga olingan davlat xizmati ko’rsatish to’g’risidagi reglamentga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar to’g’risidagi ma’lumotlarni elektron ko’rinishda Yagona reestrga kiritish. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari o’zgartirish kiritilgan paytdan boshlab 1 ish kuni mobaynida
Yagona reestrda ro’yxatga olingan davlat xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlarga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalarni ushbu sxemaning 4 va 5-bosqichlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqish. Yagona reestr operatori belgilangan muddatlarda

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizomga
2-ILOVA

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona

REESTRI

Davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning

YAGONA REESTRI

Davlat xizmatining noyob reestr raqami Davlat xizmatining nomi Davlat xizmatini ko’rsatish natijasini beruvchi vakolatli organning nomi

Davlat

xizmati

ko’rsatilayotgan

ariza

beruvchilar

toifalari

Davlat

xizmati

ko’rsatish

shakli

(an’anaviy va

elektron)

Davlat

xizmati

ko’rsatish

narxi

Davlat

xizmati

ko’rsatish

muddatlari

Davlat

xizmati

ko’rsatish

reglamenti

Davlat

xizmati

ko’rsatish uchun

talab

qilinadigan

hujjatlar

Axborot 

hamkorligi

orqali

olinadigan

hujjatlar va

axborotlar

hamda

ularni

beradigan

davlat

organlari

Davlat

xizmati

ko’rsatish

natijasi

Davlat

xizmati

ko’rsatish

natijasida beriladigan

yoki davlat

xizmati

olish uchun

foydalaniladigan

shakllar

va blankalar

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestriga havola
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
   

Izoh. davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning yagona reestri davlat xizmatlari to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarni ham o’z ichiga olishi mumkin.

(2-ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi 120-son qaroriga
2-ILOVA

Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida» va «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qarorigamuvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimini qo’llagan holda davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo’llanadi:

so’rov — davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladigan davlat xizmati ko’rsatish to’g’risidagi talab;


elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot;

idoralararo elektron hamkorlik — ariza beruvchilarga davlat xizmatlari ko’rsatishda zarur bo’lgan, davlat organlari ixtiyoridagi hujjatlar va axborotni almashish maqsadida amalga oshiriladigan ushbu davlat organlari o’rtasida elektron shakldagi o’zaro hamkorlik;

idoralararo elektron hamkorlik tizimi — ariza beruvchilarga davlat xizmatlari ko’rsatishda idoralararo elektron hamkorlik qilishni, davlat organlariga zarur bo’lgan elektron hujjatlarni almashishni ta’minlovchi apparat-dasturiy vositalar majmui;

idoralararo elektron so’rov — davlat organining ariza beruvchi so’rovi asosida so’ralayotgan hujjatlar va axborot bor bo’lgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan, davlat xizmati ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va axborotni taqdim etish to’g’risidagi talabi;

davlat xizmati ko’rsatish reglamenti — davlat organlari va (yoki) ularga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko’rsatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;

davlat xizmati ko’rsatish natijasi — davlat xizmati ko’rsatish reglamentiga muvofiq davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishda ifodalangan, ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi, shu jumladan ariza beruvchilarga tegishli axborot va hujjatlar taqdim etilishi;

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reestri — davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining to’liq ro’yxati, shu jumladan elektron shakldagi ro’yxati, shakllar va blankalar hamda boshqa axborot bor bo’lgan ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot resursi.

3. Quyidagilar davlat xizmatlari ko’rsatishda idoralararo elektron hamkorlik qilish vazifalari hisoblanadi:

davlat organlari tomonidan o’z funktsiyalarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda samarali bajarilishini ta’minlash;

ariza beruvchilarning so’rovlarini samarali ko’rib chiqish uchun o’z vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va joriy etish hisobiga davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish.

4. Idoralararo elektron so’rovlarni yuboruvchi va berilgan so’rovlar asosida tegishli hujjatlar va axborotni taqdim etuvchi davlat organlarining mas’ul mansabdor shaxslari idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar hisoblanadi.

5. Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlarining idoralararo axborot hamkorligi:

ushbu Nizomga muvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanib;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan axborot hamkorligining boshqa usullari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Idoralararo elektron hamkorlik tizimini qo’llagan holda axborot hamkorligini texnologik ta’minlashga yagona texnologik echimlar va standartlar, yagona klassifikatorlar va ma’lumotlar tuzilishining tavsiflaridan foydalanish yo’li bilan, shuningdek elektron hujjatlardan foydalanishda litsenziya cheklovlaridan holi bo’lgan ularning yagona ochiq formati asosida erishiladi.

6. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi idoralararo elektron so’rovlar va ularga javoblarni uzatish, ularning ishlashini ta’minlash idoralararo elektron hamkorlik tizimining asosiy funktsiyasi hisoblanadi.

7. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoralararo elektron hamkorlik tizimining operatori hisoblanadi.

8. Idoralararo elektron so’rovni yo’llash va davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur hujjatlar va axborotni taqdim etish idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali bepul amalga oshiriladi.

II. Idoralararo elektron hamkorlik qilish tartibi

9. Idoralararo elektron hamkorlik qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

idoralararo elektron so’rovni ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur bo’lgan so’raladigan hujjatlar va axborot bor bo’lgan davlat organlariga yuborish;

«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimlari va markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalari, davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur bo’lgan so’raladigan hujjatlar va axborot bor bo’lgan davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari komplekslarining idoralararo elektron so’rovlarni uzatish, ularni ishlash va olish jarayonini avtomatlashtirish uchun idoralararo elektron hamkorlik tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash.

10. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar boshqa davlat organlaridan ular ixtiyorida bo’lgan hujjatlar va axborotni ushbu Nizomga muvofiq ariza beruvchining so’rovi asosida so’rash huquqiga ega.

11. Davlat organlari tomonidan so’raladigan hujjatlar va axborot ro’yxati davlat xizmatlari ko’rsatish reglamentlari bilan belgilanadi.

12. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar davlat xizmati ko’rsatish uchun ariza beruvchining so’rovi olingandan keyin ariza beruvchining so’rovi olingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida idoralararo elektron so’rovni o’z ixtiyorida davlat xizmati ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va axborot bor bo’lgan davlat organlariga yuboradilar.

13. Idoralararo elektron so’rov yuborilgan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan foydalanuvchilar idoralararo elektron so’rov yuborilgan kundan keyingi bir ish kuni davomida o’z ixtiyoridagi hujjatlar va axborotni elektron hujjat shaklida tayyorlaydilar va idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuboradilar.

Elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish tartib-qoidasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

14. Idoralararo elektron so’rovda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

idoralararo elektron so’rovni yuboradigan davlat organining nomi;

idoralararo elektron so’rov yuboriladigan davlat organining nomi;

davlat xizmatining noyob reestr raqamini ko’rsatgan holda, taqdim etish uchun tegishli hujjatlar va axborot zarur bo’lgan davlat xizmatining nomi;

ariza beruvchi to’g’risidagi ma’lumotlar, shu jumladan uning so’rovini ilova qilgan holda hujjatlar va axborotni taqdim etish uchun uning identifikatsiyalovchi ma’lumotlari;

idoralararo elektron so’rov yuboriladigan davlat organi ixtiyorida bo’lgan so’raladigan hujjatlar va axborot ro’yxati;

idoralararo elektron so’rov yuborilgan sana;

idoralararo elektron so’rovni tayyorlagan va yuborgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, elektron raqamli imzo rekvizitlari.

Idoralararo elektron so’rov davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni ham o’z ichiga olishi mumkin.

15. Idoralararo elektron so’rovni oladigan idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchi:

idoralararo elektron so’rovni yuborishning huquqiy asoslarini aniqlaydi;

ma’lumotlar tarkibini, shu jumladan hujjatlar va axborotni tayyorlash va yuborish uchun zarur bo’lgan, idoralararo elektron so’rovda bayon qilingan so’raladigan hujjatlar va axborot ro’yxatini aniqlaydi;

idoralararo elektron so’rovni olgan tashkilotda shunday hujjatlar va axborotning mavjudligi faktini aniqlaydi;

so’raladigan hujjatlar va axborotni idoralararo elektron so’rov bilan murojaat qilgan davlat organiga o’z vaqtida yuborish maqsadida ularni olish uchun zarur choralarni ko’radi;

so’raladigan hujjatlar va axborotni ilova qilgan holda idoralararo elektron so’rovga javobni shakllantiradi hamda uni tegishli hujjatlar va axborotni so’ragan davlat organiga yuboradi.

16. Idoralararo elektron so’rov idoralararo elektron hamkorlik tizimiga yuborilgan sana ushbu so’rov davlat organidan olingan sana hisoblanadi.

17. Idoralararo elektron so’rovni olgan davlat organlari tomonidan ushbu organlarda mavjud bo’lgan so’raladigan hujjatlar va axborotning asosli rad javobi bo’lmaganda taqdim etilmasligi yoki o’z vaqtida taqdim etilmasligi ariza beruvchiga davlat xizmati ko’rsatilishini rad etish uchun asos hisoblanmaydi.

18. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchining davlat organiga so’raladigan hujjatlar va axborotni taqdim etishdagi asosli rad javobi asoslangan bo’lishi va idoralararo elektron so’rov yuborilgan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirilmay yuborilishi kerak.

19. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat siri yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni o’z ichiga olgan idoralararo elektron so’rovlarni yuborishga hamda tegishli hujjatlar va axborotni taqdim etishga yo’l qo’yilmaydi.

III. Idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlarining huquqlari va majburiyatlari

20. Idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat organlari:

tegishli davlat organlaridan davlat xizmatlari ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va axborotni so’rash va olish;

tegishli huquqiy asoslar bo’lmaganda hujjatlar va axborotni taqdim etishni rad etish huquqiga ega.

Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

21. Davlat organlari tegishli munosabatlarni tartibga solish vakolatiga kirmaydigan tashkilotlarga idoralararo elektron so’rovlarni yuborish huquqiga ega emas.

22. Idoralararo elektron hamkorlik qiluvchi davlat organlari tegishli idoralararo elektron so’rov olingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida so’raladigan hujjatlar va axborotni (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv ma’lumotnomalari va axborotdan tashqari) to’liq hajmda taqdim etishga, shuningdek uzatiladigan hujjatlar va axborotning ishonchliligini ta’minlashga majbur.

Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

23. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar identifikatsion va autentifikatsion ma’lumotlarning, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish doirasida olinadigan va jo’natiladigan hujjatlar va axborotning muhofaza qilinishi va zarur tarzda saqlanishini ta’minlashga majbur.

24. Davlat organlari xodimlari tomonidan o’zlariga idoralararo elektron hamkorlik qilishda ma’lum bo’lgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ularning yozma roziligisiz, shuningdek, agar bu ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo’lsa, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sir va boshqa axborotning oshkor etilishiga yo’l qo’yilmaydi.

IV. Yakunlovchi qoidalar

25. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar davlat organlarining idoralararo elektron so’rovlari bo’yicha so’raladigan hujjatlar va axborotning o’z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradilar.

26. Idoralararo elektron hamkorlik qiluvchi davlat organlari idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuboriladigan hujjatlar va axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.

27. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi operatori uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javob beradi.

28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.

Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi to’g’risidagi nizomga
ILOVA

Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorligini amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar Xatti-harakatlar Sub’ektlar Muddatlar
1-bosqich Davlat xizmati olish uchun davlat organiga so’rov yuborish. Jismoniy yoki yuridik shaxs Ariza beruvchining xohishiga ko’ra
2-bosqich Davlat xizmati olish uchun so’rovni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish va bajarish uchun qabul qilish. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organi Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich Idoralararo elektron so’rovni shakllantirish va davlat xizmati ko’rsatish uchun zarur hujjatlar va axborot bor bo’lgan davlat organiga yoki boshqa tashkilotga yuborish. Davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organi Bir ish kuni mobaynida
4-bosqich

Idoralararo elektron so’rovni yuborishning huquqiy asosini aniqlash.

So’ralayotgan hujjatlar va axborotning mavjudligi faktini aniqlash.

So’ralayotgan hujjatlar va axborotni ilova qilgan holda idoralararo elektron so’rovga javobni shakllantirish va yuborish.

O’z ixtiyorida zarur hujjatlar va axborotga ega bo’lgan davlat organi yoki boshqa tashkilot Idoralararo elektron so’rov yuborilgan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida