Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR VA QO‘SHIMCHA KIRITISH TO‘G‘RISIDA
2024-09-18 09:03:51 3248
Keyingi yillarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilish maqsadida ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro saylov standartlari asosida saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilash, shuningdek siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga saylov komissiyasining yoki referendum o‘tkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik, shuningdek siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Shuningdek qonun hujjatlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, «oilaviy» ovoz berish hollarining oldini olishga, saylov kampaniyasi vaqtida foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborot taqdim etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, siyosiy partiyalarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha moliyaviy hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Sudya Sh.Mirzamatov