Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Soliqchi – ko’makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Bag‘dod tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Abdurahmonovning hisoboti

×

 2022-06-29 17:48:47    440

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muommolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushintirishi, ularga ko‘makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Bag’dod tumani DSI rahbari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022- yil iyun oyi davomida Bag‘dod tumani DSI tomonidan 285 ta tadbirkorlik sub`ektlarining muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayonda ko‘maklashish zarur bo‘lgan 260 ta tadbirkorlik sub`ektlaridan 23 tasining dastlabki buxgalteriyasini yuritishda yordam berildi, 39 tasiga “E-aktiv”, 6 tasiga “E-ijara”, 13 tasiga “E-imtiyoz” dasturidan foydalanish bo‘yicha ko‘maklashilib, 5 tasiga soliq qarzini uzaytirishda yordam berildi. Shuningdek, 114 tadbirkorning soliq organiga alaqodor boshqa muammolari ijobiy hal etildi, 60 tasiga shaxsiy hisobvaraqasidan nusxa berish bo‘yicha amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Biz soliq idoralari xodimlari bundan keyin ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida o‘z faoliyatimizni davom ettiramiz.