Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bolalar nafaqasini oluvchi fuqaro vafot etganda nafaqa to'lash tartibini bilasizmi?

×

 2022-11-24 17:21:59    305

PDF yuklash
Chop etish


Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 6-bobi 41-bandiga asosan “Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pulining uchinchi shaxsga ishonchnoma orqali to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ariza bergan shaxs vafot etgan taqdirda, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga yoki qonuniy vakiliga to‘lanadi. Bunda oilaning muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili tegishli arizani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, mavjud bo‘lganda — vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini AT “Xalq banki”ning tegishli filialiga taqdim etishi orqali tayinlangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olishi mumkin”.

Faxriddin Mo‘sinjonov,

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Bag‘dod tumani bo‘limi sho‘ba mudiri.