Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamga takroriy murojaat qilish tartibi qanday?
2022-11-26 10:48:17 276
O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654- sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 20- bandi “J” qismiga ko’ra :
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila a’zosi tomonidan takroriy ariza ushbu Nizomning 12- bandida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda taqdim etilganda; Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan so‘ng ariza ko‘rib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga jo‘natiladi.
Ya`ni, hozirgi kunda bolalar nafaqasining muddati 12 oy qilib belgilangan va fuqaro 12 oy davomida nafaqa olgandan so’ng keyingi oyga qayta hujjat topshirishi mumkin bo’ladi.
Ilyosbek Esonov,
Byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg'armasi
Bag'dod tumani bo’limi bosh mutaxassisi.