Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Baxtim shul, o‘zbekning Zulfiyasiman!"
2023-03-01 17:55:47 318
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bag‘dod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoira Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan "Baxtim shul, o‘zbekning Zulfiyasiman!" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tuman ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi bilan hamkorlukda tashkillangan tadbirni oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari To‘lqinoy Tojiyeva ochib berdi. Shundan so‘ng ssenariy asosida o‘quvchilar o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.
Shoira - xalq qalbining tarjimoni, uning orzu-intilishlari ifodachisi. Zulfiyaxonim oddiy temirchi qizidan qahramon shoir darajasigacha bosib otgan yol - bu ozbek ayolining shonli yolidir.
Zulfiyaxonim o‘zining go‘zal, otashin satrlarga boy she'rlari bilan mamlakatlar chegarasini hech qanday to‘siqlarsiz bosib o‘tdi. Uning she'rlari dunyoning 20 dan ortiq tillarida jarang topdi. Uning xalqaro “Nilufar” mukofoti va Javoharla'l Neru nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bolgani ham bu o‘zbek ayolining tengsiz ijodkor ekanidan dalolatdir. Shoira Zulfiya ijodiga yuksak baho berib, Mustay Karim, Rasul Hamzatov, Chingiz Aytmatov, Konstantin Simonov kabi jahon adabiyoti namoyondalari u - haqiqiy o‘zbek she'riyati malikasi ekanini ta'kidlagan.
O‘zbek xalqi o‘zining sevimli shoirasini doimo e'zozda, ardoqda tutdi. Shoira ham xalqning ehtiromiga javoban tinmay ijod qildi, erkin va farovon turmushni kuyladi. 1999- yilda Birinchi Prezident I.Karimov tashabbusi bilan “Zulfiya“ nomidagi Davalat mukofoti ta'sis etildi. Shoiraning izdoshlari fan, ta'lim, sport va madaniyat yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini namoyish etib kelayotgan yuzlab o‘zbek qizlari ushbu mukofot bilan taqdirlandilar.
Tadbirda, o‘quvchilar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi bilan bog‘liq ko‘plab ma'lumotlarni yodga oldilar, she'rlaridan namunalar o‘qidilar.