Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
2023-03-27 16:47:54 304
Ijtimoiy tarmoqlarda Bag‘dod tumani markaziy buyum bozori ta’mir ishlari uchun buzilayotgani, tadbirkorlar uchun ijara haqi ham muntazam oshirilib borilayotgani, bundan tashqari, tadbirkorlarga yetarli sharoitlar yaratilmaganidan norozilik bildirilganligi aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Kadastr Agentligining davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Bag‘dod tumani filiali ma’lum qiladiki, Bag‘dod tumani O‘zbekiston MFY Orzu ko‘chasi 39-uyda joylashgan savdo majmuasi “Fotix ko‘xinur” MCHJ ga Bag‘dod tumani xokimining 25. 03. 2015 yildagi 141-sonli, xamda, Farg‘ona viloyati xokimining 17. 03. 2017 yildagi 133-sonli qarorlariga asosan tegishli. Ushbu ob’ektning umumiy yer maydoni 2.10 ga dan iborat bulib, yer uchastkasiga bo‘lgan xuquq 03. 03. 2022 yil kunida 1730209/R-A2502271 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Savdo majmuasida foydalanib kelinilayotgan bino va inshootlar xuquqiy xujjatlarsiz, tadbirkorlar tomonidan qurib bitkazilgan.