Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi
2024-02-16 12:03:14 3154
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-39-son, 23.01.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:
????“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
????“BBB”, “BB” va “B” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
????“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
????“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Reyting bo‘yicha 23 ta mezon belgilandi va ular 3 guruhga bo'linadi:
▪️10 ta hamma uchun bir xil mezon;
▪️ 4 ta rag'batlantiruvchi mezon;
▪️ 9 ta kamaytiruvchi mezon.
Yuqori reytingdagi tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Shu bilan birga, reytingi past bo'lgan korxonalar uchun choralar nazarda tutilmagan.
Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.
Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.
Bungacha bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.
Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.
Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.
Ma'lumotlar real vaqt rejimida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetida ko'rsatiladi.
Agar soliq to'lovchining reyting bo‘yicha e'tirozi bo'lsa, u Soliq qo'mitasiga murojaat qilishi lozim. Bunda murojaat 1 kun ichida ko'rib chiqiladi.