Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VILOYATIMIZ AHOLISI VA TADBIRKORLARI DIQQATIGA!
2020-01-08 16:35:58 1026
Tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirgan tashabbuskorlarga tijorat banklari orqali ajratilayotgan Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag’larining ajratilish tartibi bo’yicha ma'lumot berish va ularni salohiyatini oshirish maqsadida, joriy yilning 9 yanvar kuni soat 9:30 da Farg’ona shahar “Tadbirkorlar Markazi” binosida “Biznes forum” o’tkazilmoqda.
Shu bilan birga mazkur “Biznes Forum” doirasida seminar va o’quv kurslari tashkil etiladi.
Seminarlar: 10-11 yanvar kunlari Farg’ona shahridagi Tadbirkorlar markazi binosida;
10-11 yanvar kunlari Marg’ilon shahridagi 10-sonli Musiqa maktabi binosida;
10-11 yanvar kunlari Qo’qon shahridagi Tadbirkorlar markazi binosida;
10-11 yanvar kunlar Bag’dod tumanidagi 16-sonli Musiqa maktabi binosida 2 kunlik o’quv kurslari hamda “Mahorat darslari” ( master klass) tarzida o’tkaziladi. O’quv kurslar soat 9:30 da boshlanadi.
Qo’shimcha ma'lumotlar uchun viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasining (73) 244-60-10 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati