Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholi ro’yhatdan o’tkaziladi
2021-04-21 09:11:46 866
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyundagi 2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro’yhatga olish borasidagi prinsiplari va tavsiyalar rezalutsiyasiga tayanib, azo davlatlarni 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro’yhatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini ro’yhatga olishni o’tkazishni qatiy davat etadi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yhatga olish o’tkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin tasir ko’rsatgan o’zgarishlar, respublika xududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o’ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud malumotlarni qo’llashni sezilarli darajada cheklamoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini ro’yhatga olish dasturini qo’llab-quvvatlashini etiborga olgan xolda, shuningdek, aholi sonini aniq xisoblab chiqilishini taminlash, aniq belgilab qo’yilgan yagona xisobga olish davrida aholini jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, malumoti, xayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi xamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo’yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash maqsadida: O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yhatga olish to’grisidagi O’zbekiston Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son farmoni imzolangan.
Aholini ro’yhatga olishni xar tomonlama yaxshi o’tkazish, unga puxta tayyorgarlik ko’rish, joylarda targ’ibot ishlarini olib borish shu bilan bir qatorda qaror va farmonlar mazmun-mohiyatini omma etiboriga yetkazib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 11 noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan aholini ro’yhatga olish ishlari 2023 yilda bo’lib o’tishi belgilab qo’yilgan.
Aholini ro’yhatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir mamuriy-hududiy birlik bo’yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to’g’risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit malumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig’ish aholini ro’yhatga olishning maqsadi hisoblanadi. Aholini ro’yhatga olishni o’tkazishning asosiy vazifalari aholi tarkibidagi global o’zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog’ligini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini yaratadi.
O’bekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro’yhatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo’jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi. Aholini ro’yhatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo’lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy malumotlarni yig’ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va elon qilishning yagona jarayonini o’z ichiga olib, aholi to’g’risidagi malumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko’rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Shuhratjon Jabborov,
Bag’dod tumani statistika bo’limi boshlig’i.