Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
2021-06-05 20:50:40 967
183/ХХХ-VI-son 1-iyun 2021-yil
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentyabrdagi “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6075-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentyabrdagi PF-6075-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyunga qadar mahalliy davlat hokimyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan norimativ huquqiy hujjatlarini bekor qilish choralarini ko‘rish belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ tusdagi qarorlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Bag‘dod tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari (D.Polvonov) mazkur qarorni rasman e’lon qilishini va Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlansin.
4. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash rahbari V.Nazarov
Xalq deputatlari
Bag‘dod tumani Kengashining
“____”______ 2021-yildagi
________-sonli qaroriga
1-ilova
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining eskirgan va o‘z
ahamiyatini yo‘qotgan normativ tusdagi qarorlari
RO‘YXATI
1. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2015-yil 29-dekabr kungi “Bag‘dod tumani mahalliy byudjetining 2016-yilgi parametrlari haqida”gi 51/XIII-V-sonli qarori;
2. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2016-yil 30-dekabr kungi “Bag‘dod tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi parametrlari haqida”gi 102/XXX-V-sonli qarori;
3. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2017-yil 31-dekabr kungi “Bag‘dod tumani mahalliy byudjetining 2018-yilgi parametrlari haqida”gi 166/XXXXIV-V-sonli qarori;
4. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2018-yil 28-dekabr kungi “Bag‘dod tumani mahalliy byudjetining 2019-yilgi parametrlari haqida”gi 223/LVI-V-sonli qarori;
5. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2018-yil 17-dekabr kungi “Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining 2020-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 291/LXVI-V-sonli qarori;
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Eshonxonov