Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kimlar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam nafaqasiga murojaat qilish huquqiga ega emas?

×

 2022-08-29 19:46:16    361

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020- yil 4- avgustdagi PQ-4797- sonli qarorining 11- bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi o‘zlarining hamda tarkibidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari, ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari) shuningdek, pensionerlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan boshqa davlat ijtimoiy xizmatlarini olish uchun «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali arizalar taqdim etishi cheklangan va ularning ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 21- oktabrdagi 654- sonli qarori 4- bob “e” bandiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari), shuningdek, pensionerlari, Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 9- yanvardagi 11- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlangan” fuqarolar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam nafaqasi olish uchun murojaat qilish huquqiga ega emaslar.

Faxriddin MO‘SINJONOV,

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Bag‘dod tumani bo‘limi sho‘ba mudiri.