Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAM TAMINLANGAN DEB E’TIROF ETILGAN OILALARGA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

×

 2022-08-30 14:55:08    506

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 4- avgustdagi PQ-4797- sonli “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi belgilab berilgan.

Bunda:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan shaxslar yoki oilalar qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan ushbu qarorning 3- ilovasiga muvofiq xizmatlar va imtiyozlarni ham olishga haqli.

Ya`ni :

1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish.

2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash.

3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish.

4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish.

5. Ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish.

6. San’at maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish.

7. Kam ta’minlangan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash.

8. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.

Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur ilovada ko‘rsatilmagan boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ham joriy etilishi mumkin.

Ilyosbek ESONOV,

Byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg'armasi

Bag'dod tumani bo’limi bosh mutaxassisi.