Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam moliyalashtirish tartibi qanday?

×

 2022-08-30 15:35:10    266

PDF yuklash
Chop etish


Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tuman (shahar) budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida xarajatlarning tegishli iqtisodiy tasniflagichi bo‘yicha aks ettirgan holda to‘lanadi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning har bir turi bo‘yicha AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali)da alohida bank hisobvaraqlari ochiladi.

AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali) har oyning oxirgi kuniga qadar joriy oy uchun, shuningdek, yil boshidan amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar budjetga qaytarilishi haqida elektron ma’lumotlarni bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar bo‘yicha “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda taqdim etadi.

Tuman (shahar) moliya bo‘limi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi uchun mablag‘larni Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari bo‘yicha tayinlangan summalar doirasida mahalliy budjet daromadi tushumidan kelib chiqib, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lashga oyning 4-sanasidan boshlab, biroq to‘lov amalga oshiriladigan oyning 25-sanasidan kechikmay AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvarag‘iga alohida to‘lov topshiriqnomalari bilan o‘tkazadi.

Mablag‘lar Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi bo‘yicha AT “Xalq banki” bo‘limlari (filiallari) ko‘rsatadigan xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida haq to‘lanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdori bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ajratiladigan mablag‘lar doirasida AT “Xalq banki” tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari tumanlar (shaharlar) o‘rtasida har bir tuman (shahar) hududida yashaydigan kam ta’minlangan oilalar soni hamda tuman(shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlar uchun ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilishi (foydalanilishi) darajasi hisobga olingan holda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Komiljon VAHOBJONOV,

Byudjetdan tashqari pensiya lamg`armasi

Bag`dod tumani bo`limi yetakchi mutaxassisi.