Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash sho‘basi tomonidan joriy yil sentabr oyida “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOTI

×

 2022-09-26 10:20:50    195

PDF yuklash
Chop etish


“Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-785- son Qonun bilan Soliq kodeksiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan mazkur qonunga asosan qator soliq imtiyozlari joriy etildi. Jumladan, «Soliqchi – ko‘makchi» tamoyili asosida ularga yangicha ishlashni o‘rgatish, elektron xizmatlar qamrovini oshirish zarurligini hamda barcha hududlarda tadbirkorlar bilan muloqatlar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borish vazifasi berilgan.

Xususan, chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash kabi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar uchun 2022- yil 1- apreldan 2025- yil 1- yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilandi.

Shuningdek, charm, mo‘yna xomashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2023- yil 1- yanvardan 2026- yil 1- yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilindi.

Albatta, berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, sohaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida Bag‘dod tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlarga ko‘maklashib kelinmoqda.

Joriy yilning sentabr oyi davomida Bag‘dod tumani DSIga 718 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish faoliyatini o‘rganish reja-grafigi belgilangan bo‘lib, shundan sentabr oyida 391 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 50 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, 50 ta subyektga qulay soliq rejimini tanlash, 27 ta subyektga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, 21 ta subyektga “E-Aktiv” dasturi bo‘yicha tushuncha berish va amalda foydalanish, 19 ta subyektga “E-Ijara” dasturi bo‘yicha tushuncha berish, 21 ta subyektga shaxsiy hisob varaqasidan ko‘chirma berish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga, soliq qonunchiligiga oid zarur yordamlarni ko‘rsatishga hamisha tayyormiz.