Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishida kimlardan daromad talab qilinmaydi

×

 2022-09-26 16:11:34    197

PDF yuklash
Chop etish


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli qaroriga  asosan quyidagi fuqarolardan rasmiy daromad talab qilinmaydi:

bolani uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan);

ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi o‘qish shakllari bundan mustasno);

ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;

amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;

18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga (ushbu ma’lumot Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan aniqlashtiriladi);

chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolariga;

Oilaning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;

sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;

oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;

bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;

rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida “Temir daftar”da bo‘lgan oilalarga;

tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Jamshid ABDULLAYEV,

Byudjеtdan tashqari Pеnsiya jamg'armasi Bag'dod tumani bo’limi yetakchi inspektori.