Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Fuqarolar murojaati nazoratga olindi

×

 2023-03-27 16:47:54    329

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Bag‘dod tumani markaziy buyum bozori ta’mir ishlari uchun buzilayotgani, tadbirkorlar uchun ijara haqi ham muntazam oshirilib borilayotgani, bundan tashqari, tadbirkorlarga yetarli sharoitlar yaratilmaganidan norozilik bildirilganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Kadastr Agentligining davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Bag‘dod tumani filiali ma’lum qiladiki, Bag‘dod tumani O‘zbekiston MFY Orzu ko‘chasi 39-uyda joylashgan savdo majmuasi “Fotix ko‘xinur” MCHJ ga Bag‘dod tumani xokimining 25. 03. 2015 yildagi 141-sonli, xamda, Farg‘ona viloyati xokimining 17. 03. 2017 yildagi 133-sonli qarorlariga asosan tegishli. Ushbu ob’ektning umumiy yer maydoni 2.10 ga dan iborat bulib, yer uchastkasiga bo‘lgan xuquq  03. 03. 2022 yil kunida 1730209/R-A2502271 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Savdo majmuasida foydalanib kelinilayotgan  bino va inshootlar xuquqiy xujjatlarsiz, tadbirkorlar tomonidan qurib bitkazilgan.