Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Inson qadri
2024-01-06 16:18:19 2377
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bag‘dod tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun ham Bag‘dod tumanida “Mehr daftari” platformasiga kiritilgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 9 nafar bolalarning orzu istaklari ro‘yobga chiqarildi. Ularga zamonaviy mebel jihozlari hamda maishiy texnikalar topshirildi.
- Avvalo, "Mehr daftari" jamg‘armasidan vasiylikka olingan yoshning qiziqishlarini inobatga oldik. Tikuv mashinasi, noutbuk, konditsioner, kompyuter jamlanmasi, kiyim-kechaklar, mebellar to‘plami va kerakli uskunalar aynan shu farzandlarimiz uchun as qotishiga ishonamiz – deydi Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Saidjon Davlatov.