Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Bag‘dod tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti
2024-01-10 10:23:48 2775
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlari, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirining uzluksizligini ta’minlash maqsadida "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-891-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Qonunda quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilgan.
- Kameral soliq tekshiruvida soliq toʻlovchining hududiga kirish, hududini koʻzdan kechirish, hujjatlarni talab qilish va uni chaqirtirish, hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish taqiqlandi;
- Yuridik shaxslar va YTTlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi;
- Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi;
- YTTlar uchun qatʼiy belgilangan JShODS stavkalari o‘zgardi. Mazkur stavkalar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kiradi. 2024-yil yanvar oyida qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi;
- 2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda, oshgan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq toʻlashga oʻtadi.
Shuningdek, QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. 2024-yil 1-apreldan boshlab quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:
dori vositalari,
veterinariya dori vositalari,
tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar,
shuningdek qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-apreldan quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etiladi:
- tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;
- energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr 2 000 so'm.
Shu bilan birga, aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda o‘zgartirildi:
- Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 25 mln so‘m;
- Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 34 mln so‘m.
Ta’kidlash joiz, ayni kunlarda Bag‘dod tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda, shu bilan birga, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Xususan, 2023-yil dekabr oyi davomida Bag‘dod tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti tomonidan 290 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 12 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, 77ta E-ijara, qulay soliq rejimini tanlash, 15ta soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
Abdumakil Abdurahmonov
Bag‘dod tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i