Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 67 SESSIYASI BUGUN TUMAN HOKIMLIGINING MAJLISLAR ZALIDA BO‘LIB O‘TDI.

×

 2024-05-16 20:03:36    921

PDF yuklash
Chop etish


Sessiya ishiga tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, aloqador tashkilotlar rahbarlari, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘lim boshlig‘i, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalla raislari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruhi raisi hamda ommaviy axborot vasitalari vakillari taklif etildi.

Shuningdek, sessiya ishida 3-sektor rahbari, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikramov Azizbek Isroilovich ham ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar yuzasidan ma'sullarning hisobotlari eshitildi.

1. Bag‘dod tumanini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman Sektor rahbarlarining hisobotlari.

2. Tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Tojiyev, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari D.Sobirov, “Tuman gaz ta’minot” filiali rahbari B.Farxodov, tuman suvta’minot korxonasi rahbari N.Oqboyev hamda tuman avtomobil yo‘llari korxonasi rahbari X.Qambarovlarning hisobotlari.

3. Tumanida “Mahalla yettiligi” tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i  F.Xayitov, tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Tojiyeva, tuman soliq inspeksiyasi rahbari A.Abduraxmonov, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i F.Mamatqulov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bag‘dod tuman bo‘limi boshlig‘i O.G‘oziyev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i O‘.Boltaboyev hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari bo‘limi boshlig‘i E.Qodirovlarning hisobotlari.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.