Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUVAYDADA “YOSHLAR IJOD MARKAZI”OCHILADI
2020-01-08 16:36:33 1086
Farg’ona viloyat hokimi Shuhrat G’aniyevning Buvayda tumani yoshlari bilan uchrashuvida ularning taklifi bilan bir qator inshootlar quriladigan bo’ldi.
Jumladan, Gulruxsor Mansurova hokimga tumanda yosh ijodkorlar uchun markaz tashkil etishni taklif etdi. Shu zahotiyoq Shuhrat G’aniyev bu ob'ektga 1 mld so’m ajratilishini e'lon qildi. Mohigul Xomidova taklifi ham qanoatlantirildi.
Tuman maktablariga 50 ming nusxa kitob sovg’a qilinadigan bo’ldi. Tadbirkor Maftuna Toshboltazoda ingliz tili o’qitishga ixtisoslashgan maktabgacha ta'lim tashkillab, ochish uchun bino so’radi. Unga endi bo’sh turgan bino ajratiladi. Bekatlarda yoshlar uchun elektron kutubxona tashkil etish taklifi ham amalga oshirildi.
Iqtidorli ijodkor A'zam O’ktam (marxum) uy muzeyini tashkil etish, nuroniy va yoshlarning muloqot markazini qurish haqida bildirilgan fikrlar ham quvvatlandi. Masalan, nuroniy va yoshlar muloqot markazi qurish uchun 1 mld so’m ajratildi.
Uchrashuv chog’ida faol yoshlar, musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar taqdirlandilar.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati