Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TARMOQ RAHBARLARI AXBOROT BERDILAR
2020-01-16 13:47:54 1216
Bugun Farg’ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar samarasi hamda 2020 yildagi istiqbolli vazifalar” yuzasidan brifing o’tkazildi.
Brifingda 2019 yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash dasturlarining ijrosi, ipakchilik, hunarmandchilik, urbanizatsiya, sog’liqni saqlash va maktabgacha ta'lim sohalarida amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi istiqbolli vazifalar haqida tegishli boshqarmalar mutasaddi rahbarlarining axboroti eshitildi.
-Ayollar o’rtasida uchraydigan onkologik kasalliklarni oldini olish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, viloyatda mehnat migrantlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish va ularning salomatligini tiklash, tibbiyotda korruptsiyani oldini olish kabi qator masalalar ham bugun diqqat markazimizda turibdi,-deydi viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Odiljon Umarov.
Shuningdek, brifingda so’zga chiqqan viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig’ining 1-o’rinbosari Farhod Akbarov, Bandlik Bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’i Ayubxon Abdullayev, “Hunarmand” uyushmasi boshlig’i Rasuljon Mirzaahmedov, Maktabgacha ta'lim boshqarmasi 1-o’rinbosari Madaminjon Isroilovlar ham sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusida belgilangan vazifalar yuzasidan axborot berishdi.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.