Qo‘shtepada futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogiga start berildi
Bugun tumandagi BO‘SM o‘yingohida 16-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.
Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev, tuman prokurori A.Xudoyberganov, shuningdek IIB va mas’ul idoralarning vakillari hamda sportchi yoshlar ishtirok etdilar.
Dastlab, tuman hokimi so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarga omad tiladi. Yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi o‘yinlarida yoshlarning faol qatnashishlarini, musobaqa yakunida g‘olib jamoalar munosib taqdirlanishini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, DXX kubogi futbol bo‘yicha musobaqasiga start berilib, “Borot” va “Qorajiyda” mahallalari jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.