“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” O‘zbekiston tumanida yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda.
Haftalik doirasida bugun tuman hokimi Ravshanbek Begmatov tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, kitobxonlikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
Tuman rahbari kitobning inson hayotida tutgan o‘rni va mamlakatimiz taraqqiyoti, uning ertangi kuni ilmli, tafakkurli yoshlar qo‘lida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Haftalik doirasidagi tadbirlarning faol qatnashchilari, yoshlar vakillari va axborot-kutubxona markaziga fondiga kitoblar jamlanmalari sovg‘a qilindi.
Tumanda kitobxonlar uchun turli tadbirlar, qiziqarli uchrashuv va loyihalar davom etmoqda.