Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
202025-05-31 09:46

2023 yildan boshlab mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi, tizimli yondashuvi joriy etildi. Xususan, “mahalladan — vazirlikkacha” tamoyili asosida yoshlar bilan ishlashning to‘rt bosqichli tizimi — mahalla,

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089656816488995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089656816490190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089656816491385.jpg
Tuman, viloyat va respublika darajasidagi samarali muvofiqlashtiruvchi mexanizm yaratildi. Bu orqali har bir yoshning ehtiyojlari, muammolari va maqsadlarini chuqur o‘rganish hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, “Yoshlar balansi” ma’lumotlar bazasi yaratildi va shu asosda har bir yosh bilan individual ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bunda ularning ta’lim darajasi, mehnat bozoridagi holati, kasbiy qiziqishlari va boshqa ijtimoiy holatlariga qarab, maqsadli ish o‘rinlari va ko‘mak choralari belgilanmoqda. Joriy 2025 yilda Toshloq tumanidagi 355 nafar ishsiz yosh muayyan tashkilot rahbarlariga biriktirildi. Ular bilan muntazam ravishda ish olib borilmoqda va bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda davlat va xususiy sektor hamkorligi, homiylik asosidagi yordamlar ham faol jalb etilmoqda. Xususan, Davlat kadastr agentligi Toshloq tumani bo‘limi rahbariga biriktirilgan Gʻuzarboshi mahalla fuqarolar yig‘inda yashovchi ishsiz yoshlardan biri — Rayimjonova Nargizaxon Omonjon qizi uchun ham amaliy yordam ko‘rsatildi. Uning tikish-bichishga bo‘lgan qiziqishi va kasbiy ko‘nikmalarini inobatga olgan holda, homiylik mablag‘lari hisobidan zamonaviy tikuv mashinasi taqdim etildi. Bu esa N. Rayimjonovaga o‘z mehnati bilan daromad topish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘z oilasiga moliyaviy ko‘mak berish imkonini yaratdi. Shu bilan birga, ushbu tajriba mahalladagi boshqa yoshlar uchun ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur ishlarning barchasi mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘lib, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz