Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1522025-05-28 12:14

Kambag‘allikdan farovonlik sari: Ijtimoiy xizmatlarda yangi bosqich

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2089357690690175.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida ijtimoiy xizmatlar tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Bu islohot “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda bo‘lib, uning asosiy maqsadi — ehtiyojmand oilalar hayot sifatini yaxshilashdir. 2025-yil 1-iyundan boshlab “Faol hayotga qadam” nomli yangi dastur joriy etiladi. U voyaga yetgan, o‘zga parvarishiga muhtoj shaxslarni ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash va ularning yaqinlariga mehnat qilish imkonini yaratishni ko‘zda tutadi. Dastur doirasida quyidagi 5 ta yangi xizmat turi joriy etiladi: ▫️ Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ▫️ Uyda qarov xizmati ▫️ Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya ▫️ Kunduzgi qatnov asosida qarov ▫️ Shaxsiy yordamchi xizmati Xizmatlar xarajatining bir qismi davlat tomonidan vaucher tizimi orqali qoplab beriladi. Eng muhimi, xizmatlarni nafaqat davlat muassasalari, balki yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ham ko‘rsatishi mumkin. Bu esa xizmatlar sifatini oshirib, bandlikni ham rivojlantiradi. Yangi tizim — ijtimoiy himoya sohasini xalqaro standartlarga moslashtirish sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Ushbu yangi xizmatlarni yuritmoqchi bo'lgan tadbirkorlar va ximatlardan foydalanish istagida bo'lgan fuqarolarni Bag'dod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorlikka chorlaydi! Murojaat uchun telefonlar: +998 90 589 60 70, +998 91 149 36 69, +998 94 205 09 12 Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati (https://t.me/bagdodim_news)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz