Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
202025-05-31 09:48

Toshloq tumanida “Aqlvoy” maxsus avtobusi ish boshladi

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089656954615460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089656954617850.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089656954620240.jpg
Toshloq tumanida aholining chekka hududlarida yashovchi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida “Aqlvoy” nomli mobil avtobus guruhlari ish faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash doirasida, Ho‘jaariq va Quyi Yakkatut mahallalarida maktabgacha ta’limning muqobil shakli joriy etildi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – barcha bolalarga teng ta’lim olish imkoniyatini yaratish va maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishdir. Mavjud bog‘cha muassasalari yetib bormagan hududlarda – aynan Ho‘jaariq va Quyi Yakkatut mahallalarida – 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar bazasi shakllantirildi. Shu asosda, ushbu hududlarda mobil guruhlar faoliyati uchun maxsus maydonchalar tayyorlandi. “Aqlvoy” avtobuslari orqali olib borilayotgan mashg‘ulotlar kuniga ikki navbatda, har bir navbatda 3 soatgacha davom etadi. Barcha ta’lim xizmatlari mutlaqo bepul taqdim etiladi. Avtobuslar mashg‘ulot paytida harakatlanmaydi – bolalar xavfsizligi to‘liq ta’minlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz