Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
312025-05-31 09:53

Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi – yosh avlod tarbiyasi va ta’limining muhim bosqichi sifatida amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089657293697905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089657293700295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2089657293701490.jpg
Ushbu loyiha bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyadan uzilib qolmasligini ta’minlash, ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Toshloq tumanida bu yo‘nalishda amaliy ishlar tashkil etildi. Jumladan, Toshloq tumanidagi 2-umumta’lim maktabida Dolzarb 90 kun loyihasining ochilish marosimi ko‘rgazmali seminar tarzida o‘tkazildi. Seminarda pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etib, ta’lim jarayonidagi yoz davrida o‘quvchi- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdi, savol-javob va fikr almashinuvi orqali bilimlarini mustahkamlashdir. Tumandagi 10 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu oromgohlarda bolalar ertalab soat 8:00 dan 14: 00 gacha ishtirok etib, turli to‘garaklarda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga sog‘lom va to‘yimli nonushta va tushlik bilan ta’minlanadi. Shuningdek, maktablarda fan, san’at, hunar, sport hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etilib bu to‘garaklar bolalarning qiziqishlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur jarayonlarni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ko‘zdan kechirdi. U 2 maktabda bolalarga yaratilgan sharoitlar, to‘garaklar faoliyati va yozgi dolzarb 90 kun davrida bolalarga yaratilgan sharoit bilan tanishib, mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz