Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
562025-07-11 16:47

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141228170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141228170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141229365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141230560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141234145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141237730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141237730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920141248485.jpg
Farg‘ona tumani hokimligi binosida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining 7-chaqiriq, 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligida tashkil etilgan mazkur sessiyada Kengash deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kun tartibiga daxldor mutasaddilar ishtirok etdilar. Sessiyaga tuman Kengashi deputati Ilhomjon Abduraxmonov raislik qildi. Sessiyada kun tartibiga qo‘shimcha ravishda quyidagi masalalar kiritilib, muhokama qilindi: 1. Farg‘ona tumani hokimining 2025-yil 25-fevraldagi 63-11-163-Q/25-sonli qarorini tasdiqlash; 2. Farg‘ona tumani hokimining 2025-yil 25-fevraldagi 65-11-163-Q/25-sonli qarorini tasdiqlash; 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-440-sonli qarori – “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan 2025-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot; 4. Farg‘ona tuman IIB boshlig‘i Jahongir Xasanovning 2025-yil 1-choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha hisobotini tinglash. Sessiya davomida Kengash deputatlari J. Eminov, O. Dadajonova, A. Erkaboyev, A. Xamdamov, O. Soliyev va B. Axmadjonov tomonidan qator masalalar yuzasidan savollar berildi hamda takliflar bildirildi. Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan mutasaddilar hisoboti eshitildi. Mazkur masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar tasdiqlanib, qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz