Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
302025-10-21 19:45

MANGUBERDI IZDOShLARI VA’DA BERIShDI

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191898150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191901735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191904125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191905320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191906515.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191907710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191908905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2104464191910100.jpg
Bag‘dod tumanida faoliyat yurituvchi “Manguberdi izdosh­lari” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilarining “Va’da berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Bag‘dod tumani hokimligi, Milliy gvardiya va “Qo‘riqlash” boshqarmasi, Madaniyat bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek, nuroniylar, o‘quvchi yoshlarning turli viloyat va tumanlardan kelgan ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 2018-yil 10-dekabrda o‘z faoliyatini boshlagan ushbu muassasa dovruqi butun respublikaga taralib ulgurgan. Unda ta’lim va tarbiya olayotgan yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usi oshib, jismoniy va harbiy tayyorgarlik orqali katta yutuqlarga erishilmoqda. O‘tgan yillar davomida muassasa “Temurbeklar maktabi” va “Ichki ishlar akademik litseyi”ga o‘quvchilarni tayyorlab kelmoqda hamda bitiruvchilarning aksariyati ijobiy natijalar qayd etishgan. Maktab 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 180 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 40 dan ortiq o‘qituvchilar saboq berishadi. Umumharbiy nizomlar, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va harbiy tibbiy tayyorgarlik fanlari zaxiradagi ofitser va serjantlar tomonidan o‘tiladi. Tadbir doirasida o‘quvchilarning “Va’da berish” tantanalari, harbiylarga havas, vatanga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat hamda faxr tuyg‘ularini oshirish maqsadida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan turli ko‘rgazmali chiqishlar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. “Manguberdi izdosh­lari” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Nazokatxon Hamroqulova hamda bir guruh harbiy ustozlarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. Ma’lumot o‘rnida: Ushbu nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan doimiy hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, harbiy yo‘nalishdagi fanlar, sportning qo‘l jangi, kamondan otish, taekvondo turlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar olib boriladi. O‘quvchilar orasida O‘zbekiston va Osiyo chempionati sovrindorlari ham tahsil olishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz