Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
4542025-12-06 18:05

Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 5-sonli Oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454638235.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454640625.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454641820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454644210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454644210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454646600.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454647795.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2109206454648990.jpg
Muassasa “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025-yil birinchi mavsumida g‘olib deb topildi va 1 mlrd. 300 mln. so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy ko‘rinishga keldi. Mas’ul rahbarlar, mahalla faollari ishtirok etgan tantanali ochilish marosimida Bag‘dod tumani hokimi G‘anijon Soliev - Aholimizga sifatli va qulay sharoitda tibbiy xizmat ko‘rsatish — bizning ustuvor vazifamizdir - deya bir guruh tashabbuskorlarga alohida qutladi. Ushbu oilaviy poliklinikaga Qaxat filiali biriktirilgan. Muassasa hududdagi “Xitoy” hamda “Chuvlanchi” mahalla fuqarolar yig‘inlarining 18 000 nafardan ortiq aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bugungi kunda jami 78 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Bir kunlik bemorlar qabul quvvati 100 nafarga yetadi. Muassasada jami 10 o‘rinli kunduzgi shifoxona faoliyat yuritadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz