Bag'dod tumani hokimi MTPda boʻlib, qishloq xoʻjaligi texnikalarining mavsumga tayyorgarlik holatini oʻrgandi
Tashrif davomida mavjud texnikalar, ularning taʼmirlash holati, ehtiyot qismlar bilan taʼminlanishi va mavsumiy ishlarni bajarishga tayyorligi koʻzdan kechirildi. Qishloq xoʻjaligi texnikalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini oʻrganildi.
Mutasaddilar tomonidan har bir texnika boʻyicha kerakli maʼlumotlar taqdim etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi kelgusi mavsumda ishlar uzluksiz olib borilishi uchun texnikalarni toʻliq tayyor holatga keltirish muhimligini taʼkidladi.
Mazkur oʻrganish jarayoni qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish hamda dehqonchilik mavsumini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.