Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1912026-01-13 21:07

Bag‘dod tumani hokimligida mahalla yettiligi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Saidjon Davlatov olib bordi.

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924228575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924229770.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924230965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924232160.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924232160.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924233355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924234550.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113142924235745.jpg
Unda mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi. Yillik dastur doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantirish, qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mahallalarda ta’lim sifatini yaxshilash, aholining sog‘ligini mustahkamlash va sportni rivojlantirish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash hamda ajrimlar sonini qisqartirish kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olingani ta’kidlandi. Ushbu dasturlar har bir mahallada izchil amalga oshirilishi belgilab olindi. Ma’lumki, joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi. Yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Jasur Boltayev ishtirok etib, ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan talablar asosida namunali tarzda tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz