Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
302026-02-07 16:26

“Bir mahalla — bir mahsulot”

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2115704021562150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2115704021569320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2115704021572905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2115704021580075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2115704021582465.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2115704021583660.jpg
Bagʻdod tumanining “Chuvalanchi” mahallasida tomorqalardan unumli foydalanish orqali bir mavsumda 1 ming 700 tonnadan ziyod vitaminga boy koʻkatlar yetishtirilmoqda. — Bagʻdod tumanidagi “Chuvalanchi” mahallasida 3 ming 500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Keyingi yillarda tomorqalarga qaratilayotgan eʼtibor tufayli mahalladoshlarimizning turmush tarzi yanada farovonlashdi, — deydi “Chuvalanchi” MFY raisi Azizjon Abdullajonov. Koʻp yillar taʼlim sohasida faoliyat yuritgan, hozirda nafaqada boʻlgan ustoz Abduhakim Ibragimov 33 million soʻm imtiyozli kredit evaziga barpo etilgan 4 sotixli issiqxonada pomidor, bodring hamda qish mavsumida talab yuqori boʻlgan koʻkatlar yetishtirib, yaxshi daromad olmoqda. Mahalla fuqarolariga tegishli 30–40 gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlarida yilning toʻrt faslida ham bozorda talab yuqori boʻlgan, inson salomatligi uchun foydali moddalarga boy turli xil koʻkatlar yetishtirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz