Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
112026-03-12 22:40

Yoshlar kuni: uchrashuvlar, tashabbuslar va e’tirof

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2119137966878515.jpg
Bugun uchinchi haftadirki, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanib, yoshlar bilan ishlash tizimi yanada kuchaytirilgan tartibda yo‘lga qo‘yilmoqda. Yurtimiz bo‘ylab yoshlar bilan turli uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda. ➡️Bag‘dod tumanida o‘tkazilgan bugungi tadbirlar ham qizg‘in va yodda qolarli kechdi. “Yoshlar kuni” tadbirlari “Sho‘roker” MFYdagi 2-maktab faollar zalida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bilan boshlandi. Unda tuman hokimi G‘anijon Soliyev turli yutuqlarga erishgan o‘quvchi-yoshlar hamda futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” doirasida qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida faol yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ➡️Shuningdek, Sho‘roker mahallasidagi tabiiy chimli o‘yingohda uyushmagan yoshlar o‘rtasida mahallalararo futbol musobaqasiga start berildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib jamoalar tuman IIB boshlig‘i Faxriddin Hayitov tomonidan taqdirlandi. ➡️Mas’ul rahbarlar “Yuqori Mirzaobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Alieva Nazokatxon xonadoniga tashrif buyurib, unga yosh avlodga ta’lim berish va zamonaviy kasblarni o‘rganishga ko‘maklashish maqsadida subsidiya asosida zamonaviy noutbuk topshirishdi. ➡️Tadbirlarning navbatdagi manzili “Ittifoq” mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ldi. Bu yerda bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif va tashabbuslari, yangi g‘oya va fikrlari tinglandi. ➡️Do‘rmancha mahallasidagi 60-maktabda esa respublika miqyosida o‘tkazilgan “Badiiy gimnastika” yo‘nalishi bo‘yicha ochiq chempionatda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-yoshning ota-onasi hamda maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. ➡️Shuningdek, “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi Soliyevlar xonadonida ham o‘ziga xos taqdirlash marosimi tashkil etildi. Bag‘dod tumani hokimi G‘anijon Soliyev hamda tuman prokurori Akmaljon Muxtarov “Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi”da xizmat qilayotgan kichik serjant Ibrohimov Muxtorjonning onasiga “Vatan himoyachisining onasi” ko‘krak nishonini topshirishdi. ✨Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yurtga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz