Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
122026-03-12 22:41

“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2119138071113585.jpg
Muqaddas Ramazon oyi insonlarni mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglikka chorlaydigan, qalblarga ezgulik va nur ulashadigan qutlug‘ oydir. Bu muborak kunlarda ehtiyojmand insonlarga ko‘mak berish, savobli ishlarni amalga oshirish xalqimizning ezgu an’analaridan biri hisoblanadi. Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi 10 nafar ehtiyojmand oilaga bir xil miqdorda pul mablag‘lari ehson qilindi. Ushbu saxovatli yordam sahovatpesha homiylar tomonidan ajratildi. Ehson mablag‘lari tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xilolaxon Qambarova hamda mahalla mas’ullari ishtirokida oilalarga topshirildi. Bu kabi ezgu amallar jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Muqaddas Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bunday savobli ishlar qalblarga quvonch ulashib, ezgulik yo‘lida birlashishga undaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz