Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
192025-09-03 12:40

Bag‘dod tumanidagi 41-umumta’lim maktabida 120 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477821999330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477822001720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477822004110.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477822005305.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477822026815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477822028010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2099477822028010.jpg
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda tuman hokimi o‘rinbosari Qaxramonjon Mirtazaqulov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri (v.v.b.) N.Mamatusmonova, jamoatchilik faollari, ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirda ta’kidlanishicha, Bag‘dod tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida aholi ko‘targan dolzarb masalalar bosqichma-bosqich hal etilmoqda. “Obod yurt” mahallasidagi 41-maktab binosini ta’mirlash haqidagi tashabbus ham yetarli ovoz to‘plab, amalga oshirildi. Loyiha uchun 1 mlrd. 260 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Yangi o'quv yiligacha ta’lim muassasasi o'zgacha chiroy ochdi. Shuningdek, maktabda 120 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi. Bu esa yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim olishda va tarbiyalanishida muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz