Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1512025-09-29 11:19

“Sud-huquq tizimini takomillashtirish va sudyalik kadrlarni tayyorlash: Yangi Farmon va uning ahamiyati”

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2102156460370600.jpg
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va samarali taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda va bu borada ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinib, sud-huquq sohasini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada olib borilayotgan islohotlarning davomida, 2023 yil 21-avgust kuni davlatimiz rahbari tomonidan sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat – "Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-141-sonli Farmon qabul qilindi. Ushbu farmonning asosiy maqsadlaridan biri – sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, amaldagi sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlikka zaxirada turgan sudyalarni qayta tayyorlash hamda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirish uchun tamoman yangi yondashuvni joriy etishdir. Nomzodlar va sudyalarda zamonaviy axborot texnologiyalari hamda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki, farmonda belgilangan vazifalarni to‘liq bajarish uchun sudya va sud xodimlari zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Akademiyada taʼlim jarayoni ustoz-shogird anʼanasi asosida tashkil etilganligi meni juda quvontirdi. Ustozlik instituti har doim o‘zini oqlagan va "Ustoz otangdek ulug‘" degan naql bejiz emas. Ota farzandga hayot, ustoz esa kasb sirlarini o‘rgatadi va jamiyatda munosib o‘rin topishiga yordam beradi. Ustoz tarbiyasini olgan shogird kasbni tez va xatosiz egallaydi. Shu bois, Akademiyada faoliyat yuritgan sudyalarning ish tajribasini umumiy sudyalik stajiga qo‘shish to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash dasturlari doirasida amalga oshiriladi. Bu jarayon psixologiya, chet tili va ixtisoslik fanlari bo‘yicha test, yozma imtihon va yakka tartibdagi suhbat orqali jiddiy va adolatli tarzda o‘tkaziladi. Shuningdek, sudya va sud apparati xodimlari uchun majburiy malaka oshirish tizimi joriy qilingan bo‘lib, u puxta ishlab chiqilganligi bilan ajralib turadi. Faoliyati past baholangan sudyalar navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi. Oliy sud tomonidan belgilangan murakkab ishlar bo‘yicha alohida kurslar tashkil etilib, zaxiradagi sudyalar rahbar kadrlar uchun qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etadi. Jamiyatda odamlar o‘zaro turli ijtimoiy va huquqiy munosabatlarga kirishar ekan, ayrim hollarda nizoli vaziyatlar ham kelib chiqishi tabiiy. Bunday holatlarda adolatli va xolis qaror qabul qiladigan mustaqil shaxs hamda neytral maskan zarur. Sud-huquq tizimi aynan mana shu vazifani bajarib, qonun ustuvorligini va adolatni taʼminlash uchun xizmat qiladi. Riston tumalararo iqtisodiy sudi sudyasi Sh.Mirzamatov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz