Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Saidjon Davlatov tomonidan Bag‘dod tumanini 2026-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturiga kiritish rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Taqdim etilgan loyihalar aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmatlar sohasini kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgani ta’kidlandi.
Muhokamalar yakunida komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.