Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1932026-01-13 21:09

Tashabbusli budjet samarasi

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052117475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052119865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052121060.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052122255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052123450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052124645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052125840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143052125840.jpg
Bag‘dod tuman MMTB tasarrufidagi 45-umumta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida 1 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga qo‘shimcha 120 o‘rinli bino barpo etildi. Tantanali ochilish marosimida MMTB tuman bo‘limi mudiri N. Mamatusmonova, “Navro‘z” MFY mas’ullari va faollari, nuroniylar, ta’lim muassasasi ustozlari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik, ayniqsa, ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tdilar. — Maktabimiz 1983-yilda 300 o‘rinli qilib qurilgan. Hozirgi kunda 450 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ushbu 120 o‘rinli yangi qo‘shimcha binodan juda mamnunmiz, — deydi maktab direktori I. Abdug‘apporov. Tadbir ishtirokchilari yangi sinf xonalarda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz