Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1922026-01-13 21:14

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466671340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466674925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466676120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466677315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466677315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466678510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466678510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150200/news/file-2113143466679705.jpg
“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida boʻlib oʻtgan tadbir avvalida Bagʻdod tumani hokimi Gʻanijon Soliyev yigʻilganlarni ushbu qutlugʻ sana bilan samimiy tabriklab, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga chuqur minnatdorlik bildirdi. — Mamlakatimiz davlat xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash borasida taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir, zamonaviy, har tomonlama puxta qurollangan va yuksak professional Milliy armiyani shakllantirish ishlari bugun oʻzining eng yuqori bosqichiga chiqdi. Tinchlik va osoyishtalik hukm surgan yurtda ezgu ishlar barhayot boʻladi. Bu hayotiy haqiqatni xalqimiz istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar misolida yanada teran anglab yetmoqda. Vatan himoyasi kabi sharafli burchni ado etayotgan mard va jasur askarlarimizni, ularning ota-onalarini, el-yurtimizning botir oʻgʻlonlarini yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman, — dedi tuman rahbari. Bayram tadbirini tuman rahbarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, baynalmilal jangchi faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy qismlarda xizmatni oʻtab kelgan harbiy xizmatchilar hamda koʻplab tuman aholisi katta qiziqish va zavq bilan kuzatib bordilar. Ayniqsa, tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik (ChQBT) rahbarlari tomonidan maxsus ssenariy asosida tayyorlangan jangovar chiqishlar tadbir ishtirokchilari tomonidan qizgʻin va uzoq davom etgan qarsaklar bilan qarshi olindi. Vatan himoyasi yoʻlida xizmat burchini vijdonan bajargan, harbiy sohada jasorat va matonat namunasini koʻrsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga Bagʻdod tumani hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirning badiiy qismida tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan Vatanga muhabbat va sadoqatni tarannum etuvchi qoʻshiqlar ijro etildi, sahna koʻrinishlari va harbiy chiqishlar namoyish etilib, barchada katta taassurot qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz