Assalomu alaykum, hurmatli tumandoshlar!
Qadrli askarlar, Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!
Hayotini jonajon O‘zbekistonimiz himoyasidek ulug‘ va sharafli ishga bag‘ishlagan barcha mard va jasur harbiylarimizni, shuningdek, tumandoshlarimizni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi bilan chin dildan tabriklayman.
Aziz Vatan himoyachilari!
Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, xalqimiz Sizlar kabi mard va jasur harbiylarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulug‘ va muqaddas burchni sharaf bilan ado etib, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirayotgan ona yurtimizning chinakam qalqonlarini ko‘radi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!