Afsuski, jamiyatimizda o‘zganing mol-mulkini, pullarini osongina qo‘lga kiritish ishtiyoqida yurga fuqarolar ham uchrab turibdi.
Fuqaro R.B ham shunday g‘arazli maqsadini amalga oshirish maqsadida fuqaro (jaburlanuvchi) M.A.ning ishonchiga kirib uning jami 557 989 195 so‘m naqd pullarini o‘zlashtirib shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib yubordi.
Fuqaro M.A firibgardan pullarini qaytarib ololmagach huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Jumladan JIB Marg‘ilon shaxar sudinini 10.06.2024 yildagi 2-1513-2302/653-sonli qarzdor R.B dan undiruvchi M.A foydasiga 557 989 195 so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byrosi Bag‘dod tumani bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomoda mablag' to‘liq undirilib jablanuvchiga tilxat asosida topshirilishi taminlandi.
MIB Bag'dod tumani bo'limi davlat ijrochisi A.Holboyev
📝BAG'DOD HAYOTI (https://t.me/BAGDODHAYOTI)