O‘zbekiston yoshlari Xitoy xalq respublikasida malaka almashmoqdalar.
Ayni paytda "Yoshlar ishlari agentligi" markaziy apparat hodimlari boshchiligida saralab olingan tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari hamda iqtidorli yoshlar yetakchilari Xitoyning Guanjou shahrida bo‘lib, u yerda yoshlar siyosati bo‘yicha amaliy tajriba darslarida ishtirok etishmoqda.
🔹 Ushbu nufuzli amaliyotda Bag'dod tumani yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i O'tkirjon Boltaboyev ham qatnashmoqda.
📌 Dastur doirasida ular Xitoyning yoshlar bilan ishlashdagi ilg‘or tajribalarini o‘rganib, yurtimizga qaytgach bu bilimlarini amaliyotga tatbiq etishadi.